UZ
RU
EN

NFT yordamida domeningizni himoyalang!

Domeningiz uchun NFT sertifikatini sotib oling va blockchain texnologiyasidan foydalangan holda tarixda o'z raqamli izingizni qoldiring.

Sotib olish

Afzalliklar

Ro'yxatga o'tkazuvchilar o'rtasida domen nomini tezkor o'tkazish

Ro'yxatga o'tkazuvchilar murojaat qilmasdan domen nomiga bo'lgan huquqni tasdiqlash

Domen nomini firibgarlikdan himoya qilish

Domenni yangi egasiga o'tkazishda domen nomiga bo'lgan huquqni tasdiqlaydi

Savdo belgisini ro'yxatdan o'tkazishdan oldin domen nomini ro'yxatdan o'tkazishda NFT sertifikati domen nomining ustuvorligini tasdiqlaydi va bu haqda ma'lumot blokcheynda saqlanadi

Ro'yxatdan o'tish ustuvorligi bo'yicha nizolarni ko'rib chiqishda domen nomiga bo'lgan huquqni tasdiqlaydi

Domeningiz uchun NFT sertifikatini sotib oling

Domen nomlari uchun NFT sertifikati — firbgarliklar va nizolar oldini olish uchun domen nomining umumiy muddatiga nisbatan chiqarilgan raqamli sertifikatdir. Ushbu sertifikat domen egasiga domen nomini ro'yxatdan o'tkazgan muddati davomida domenga egalik qilishning bevosita huquqini kafolatlaydi. Domen nomlari uchun NFT sertifikati blokcheyn tarmog'ida domen nomi va uning egasini bog'laydigan shifrlangan ma'lumotni yaratish orqali ishlaydi. Bu domen nomi egasining identifikatorini aniqlash va uning nomdan foydalanishga bevosita huquqini kafolatlash imkonini beradi.

Sotib olish

CCTLD.UZ mobil ilovasi

Agarda siz .UZ zonasidagi domen nomiga ega va NFT sertifikat olgan bo'lsangiz, sertifikatlaringizni qulay tarzda boshqarish uchun ccTLD.uz mobil ilovasini yuklab olishni unutmang. Mobil ilova orqali siz sertifikatlarni tekshirishingiz, ularning holatini kuzatishingiz va ro'yxatdan o'tkazuvchilar orqali yangilashingiz mumkin.

Google PlayApp Store

Domeningiz uchun sertifikat mavjudligini tekshiring